Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytiriş uçun turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga doir keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga köra, turoperatorlar, turagentlar, şuningdek joylaştiriş vositalari uçun:
- 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar foyda soliği stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
- 2020 va 2021 yil yakunlari böyiça zararlarni Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan çeklamagan tarzda ötkaziş huquqi beriladi;
- 2021 yil 1 yanvargaça bölgan davrda turistik (mehmonxona) yiğimini hisoblaş va tölaş töxtatiladi.
Joylaştiriş vositalariga alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun mahalliy yiğimni tölaşni 2021 yil 1 yanvargaça bölgan muddatga soliq organlarini xabardor qiliş va keyinçalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda tölaş asosida foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi taqdim etiladi.
Prezident farmoni: Turizm sohasida faoliyat körsatuvçilar uçun subsidiya va grantlar ajratiladi











