Ma'lum bölişiça, 26 may kuni Yozyovon tumanida qurilayotgan «Markaziy Farğona» suv omborida baliqçilik bilan şuğullanuvçi tadbirkorning baliq saqlaş kölida, suvning taşqariga çiqiş qismidagi himoya töri texnogen omillar ta'sirida oçilib ketgan.
Sim törlar eskirgani sababli uzilib, natijada baliqlarning bir qismi «Markaziy Farğona» suv ombori atrofidagi soy va kanallarga oqib çiqqan.
«Holat böyiça viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining ekoinspeksiyasi va Yozyovon tuman inspektorlari tomonidan tezkor reydlar taşkil qilinib, tun-u kun nazorat qilinmoqda.
27-28 may kunlari Yozyovon suv omboridan çiqqan baliqlarni fuqarolar tomonidan noqonuniy ravişda ov qilayotgan 9 nafar huquqbuzarlarga nisbatan 12 million 320 ming söm miqdorida jarima va 10 million 813 ming söm hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan», – deyiladi qömita axborotida.
Bundan taşqari, 300 metrdan ortiq törlar olinib, belgilangan tartibda yöq qilingan. Reyd tadbirlari davom etmoqda.
Ma'lumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridan taşqari Özbekistonning barça hududlarida 15 apreldan 1 iyunga qadar tabiatda baliq ovlaş taqiqlangan (yuqoridagi ikki hududda esa bu muddat – 25 apreldan 10 iyungaça). Bu oraliq muddat – baliqlarning köpayadigan davri.
«Suv omborining texnogen holati me'yorida»

Kun.uz Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasidan olgan ma'lumotga köra, voqea röy bergaç, 26 may kuni «Markaziy Farğona» suv omborining texnik holati örganilgan.
Farğona viloyati hokimligi idoralararo komissiyasi işçi guruhi – viloyat FVB, MGQB, «Sanoatgeokontexnazorat» taşkiloti, «Özdavsuvxöjalik» inspeksiyasi mas'ul xodimlari tomonidan ötkazilgan taftişda suv omborining texnik holati me'yorida ekani tasdiqlangan.













