Bugun bu yerda katta, zamonaviy mavze paydo böldi. Oxirgi 3 yilda tumanda 19 ming 522 xonadonli 460 ta köp qavatli uy foydalanişga topşirildi.
26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari barpo etildi. Şu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi köçib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oşgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev şunça odamning farovonligini ta'minlaş, boşqaruvni samarali taşkil etiş maqsadida uşbu hududda Toşkent şahar hokimligiga töğridan-töğri böysunadigan alohida Yangihayot kiçik tumanini taşkil etiş taklifini bildirdi.

Poytaxt aholisiga qişloq xöjaligi mahsulotlarini vositaçilarsiz, arzon narxda yetkazib beriş çoralari körilmoqda. Birinçi bosqiçda dehqon bozorlarida 256 ta maxsus rasta taşkil etildi. Ikkinçi bosqiçga muvofiq, şahar böylab 514 mahallada 2316 ta köçma savdo yarmarkasi hamda 634 turğun savdo dökoni taşkil etildi.
Sergeli tumaniga Qaşqadaryo viloyati biriktirilib, viloyat fermerlari öz mahsulotini olib kelib sotadigan savdo joyi oçildi.
Prezident «Taşabbus» mahallasi hududidagi ana şunday savdo şoxobçasini közdan keçirdi.



- Fermerlarning mahsulot olib kelişiga yordam berib, emin-erkin sotişiga şaroit yaratilsa, Toşkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxini 15-20 foiz tuşiriş mumkin. Mahsulotlar arzon va sifatliligi xalqimizga, doimiy mijozlar borligi dehqonlarga ham qulay böladi. Endi boşqa tumanlarga ham muayyan viloyatlarni biriktirib, mahallalarda şunday ixçam, sovutgiçli şoxobçalarni taşkil etiş zarur, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident Sergeli-5A mavzesidagi “MADENA SOLLECTION” mas'uliyati çeklangan jamiyat faoliyati bilan ham tanişdi. Uşbu tikuvçilik korxonasida tibbiyot xodimlari uçun yiliga 150 ming dona maxsus kiyimlar işlab çiqarilmoqda. Korxonada şu atrofda yaşovçi 100 nafar xotin-qiz işli böldi.














