Qoraqalpoğiston Respublikasi yuqumli kasalliklar şifoxonasida 2 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida 9 nafar, jami 11 bemor soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, Qoraqalpoğistonda tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bölib, 1 nafari Buxoro viloyatidan, yana 1 nafari esa Xorazm viloyatidan. Endilikda Qoraqalpoğistonda şifo topganlar 129 nafarga yetib, davolanayotganlar 6 nafarni taşkil etmoqda. Uşbu hudud koronavirusdan xoli bölişga juda yaqin turibdi.
Samarqandda tuzalganlarning barçasi uşbu viloyatdan (Samarqand şahri va Toyloq tumanidan 3 nafardan, Past Darğom, Urgut va Oqdaryo tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 52 yoşda, yoşi kiçigi esa 25 yoşda. Viloyatda şu paytga qadar soğayganlar 265 nafar bölsa, endilikda 274 nafarga yetdi.
Hozirga qadar 55 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab jami soğayganlar 2783 nafarga yetdi.












