12:36 / 30.05.2020
9682

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Ulug‘bek Dusmatov tayinlandi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, 2017 yilning oktabr oyidan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Ulug‘bek Begmatovich Dusmatov tayinlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Ulug‘bek Dusmatov Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti hamda Qurolli Kuchlari akademiyasida tahsil olgan. 

Ofitserlik lavozimlarida xizmat faoliyatini Nukus garnizonidan boshlagan. Vazirlik qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organining turli lavozimlaridan o‘tgan. 

Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.

Mavzuga oid
Top