Hujjat Prezidentning "Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini jadal rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida" 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq işlab çiqilgan.
 
Norma’ning yozişiça, reglamentga muvofiq yuridik va jismoniy şaxslar litsenziyani faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olişlari mumkin.
 
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda:

2020 yil 1 sentyabrga qadar bölgan muddatda Reglamentni joriy etişni ta'minlaş;

"VIS-LICENSE" axborot tizimini uç oy muddatda işlab çiqiş va bugungi kunda faoliyat yuritayotgan lisenziatlar töğrisidagi ma'lumotlarni 2020 yil 30 dekabrga qadar mazkur tizimga kiritiş topşirildi.
 
Reglament quyidagi yönalişlarga tatbiq etiladi:

veterinariya laboratoriya-diagnostika işlari;

preparatlar, şu jumladan dorivor vositalar, ozuqa qöşimçalari va boşqalarni işlab çiqariş va tayyorlaş;

davolaş-profilaktika işlari.
 
Yuridik şaxs ştatida oliy yoki örta maxsus ma'lumotga ega bölgan mutaxassislarining mavjud bölişi uning faoliyatini litsenziyalaş uçun talablardan biri hisoblanadi. Ma'lumoti töğrisidagi talab yakka tartibdagi tadbirkorga ham qöyiladi, yana u 5 yilda bir marta malakasini oşirişi kerak.
 
Ariza beriş uçun zarur hujjatlar röyxati nizomga ilovada keltirilgan.
 
Ariza körib çiqilganligi uçun yiğim miqdori BHMning 1 baravarini, litsenziya berilganligi uçun davlat boji summasi esa BHMning 10 baravarini taşkil etadi.
 
Reglament 1.09.2020 yildan kuçga kiradi.