Louis Vuitton va Dior egasi Bernar Arnoning boyligi yetti kun içida 8,1 mlrd dollarga köpaydi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Arnoning boyligi miqdori 28 may kuni 103,4 mlrd dollarga yetdi. Uning boyligi ösişiga Yevroittifoqning 750 mln yevrolik rağbatlantiruvçi çoralar haqida e'lon qilgani ham qisman sabab böldi, deya qayd etadi naşr. Uşbu xabardan keyin Yevropa bozorida ösiş kuzatilgan. LVMH xoldingi aksiyalari yetti kun içida 8 foizga qimmatlaşgan.
Bernar Arno yanvarda dunyoning eng badavlat kişilari röyxatida bir neça marta birinçi örinni egallagan, LVMH aksiyalar eng qimmatlagan davrda uning boyligi 117 mlrd dollarni taşkil etgandi. Ammo dökonlar yopilişi va iste'molçilar faolligining pasayişiga olib kelgan pandemiya sababli Arnoning boyligi 100 mlrd dollardan kamayib ketdi.
Çeklovlarning olib taşlanişi ortidan Yevropadagi boşqa kompaniyalar aksiyalari ham qimmatlay boşladi. Zara brendiga egalik qiluvçi Ispaniyaning Inditex kompaniyasi egasi Amansio Ortega boyligi bir haftada keskin köpaygan milliarderlar röyxatida ikkinçi böldi. Inditex aksiyalari narxi ötgan haftadagiga nisbatan qariyb 10 foizga kötarildi.
Boyligi bir hafta içida köpaygan millarderlar röyxatining eng yuqori önligi quyidagiça köriniş oldi:
1. Bernar Arno — 103,4 mlrd dollar (ösiş 8,1 mlrd)
2. Amansio Ortega — 65,7 mlrd (ösiş na 4,9 mlrd)
3. Uorren Baffet — 72,8 mlrd (ösiş 3,9 mlrd)
4. Franusa Pino — 35,6 mlrd (ösiş 3,2 mlrd)
5. Fransuaza Betankur-Mayyers — 57,2 mlrd (ösiş 3 mlrd)
6. Tadasi Yanai — 26,9 mlrd (ösiş 2,8 mlrd)
7. Takemitsu Takizaki — 24,1 mlrd (ösiş 2,3 mlrd)
8. Leonardo Del Vekkio — 20,2 mlrd (ösiş 1,8 mlrd)
9. Karlos Slim — 52,9 mlrd (ösiş 1,8 mlrd)
10. Xorxe Paulo Lemann — 15 mlrd (ösiş 1,7 mlrd)









