Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bojxona nazorati ostida taşilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Tovarlar va transport vositalarini bojxona hamrohligida kuzatib boriş tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati ostida taşilayotganda Özbekiston Respublikasining bojxona töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta'minlaş çora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Bojxona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oşiruvçi xodimlar Nizomga amal qiladi va bojxona posti boşliğiga böysunadi.
Bojxona hamrohligidagi kuzatuvni amalga oşiriş uçun xodimlar ajratilişi, maxsus jihozlangan avtomobillarni ajratiş, bojxona hamrohligida kuzatiladigan tovarlar va transport vositalarini qabul qiliş va topşiriş punktlari, kuzatuv hujjatlarini rasmiylaştiriş tartibi va ularning şakllari, şuningdek bojxona hamrohligida kuzatuvni amalga oşiruvçi xodimlarning özaro hamkorlik qilişi tartibi Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Taşuvçi, yuk jönatuvçi yoxud qabul qiluvçining bojxona hamrohligida kuzatuvni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlari taşuvçi, yuk jönatuvçi, qabul qiluvçi yoki boşqa şaxslar tomonidan qoplanadi, bu borada kelib çiqqan xarajatlar bojxona organlari tomonidan qoplab berilmaydi.
Bojxona hamrohligida kuzatib borilayotgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlariga nisbatan Özbekiston Respublikasining bojxona töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ularda nazarda tutilgan istalgan bojxona nazorati şakllari qöllanilişi mumkin.
Jönatuvçi hamda manzil bojxona postlarida, şuningdek qabul qiliş-topşiriş punktlarida bojxona hamrohligida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylaştiruvi ustuvor tartibda amalga oşiriladi.
Bojxona hamrohligida kuzatib boriş çet el tovarlarini taşiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qöllaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
tovarlarni taşiş Xalqaro yöllarda taşiş daftarçasini qöllagan holda yuklarni xalqaro taşiş töğrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jyeneva, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq amalga oşirilgan taqdirda;
milliy avtotaşuvçilar tomonidan import tovarlarni taşiş tovarlarni bojxona nazorati ostida taşiş uçun jihozlangan transport vositalarida, uşbu taşuvçilar tomonidan litsenziya kartoçkasi taqdim etilgan holda amalga oşirilgan taqdirda;












