U bilan Köp kvartirali uylarni uluş kiritiş asosida quriş töğrisidagi nizom tasdiqlandi, unda binolarni quriş hamda uluşdorlarning mablağlaridan foydalaniş tartibi belgilangan, deb yozmoqda Norma.
Köp kvartirali uylarni uluş kiritiş asosida quriş uçun jismoniy va yuridik şaxslar (uluşdorlar)ning mablağlarini faqat yuridik şaxs maqomiga ega bölgan hamda Uluş kiritiş asosida quriş uçun mablağlarni jalb etuvçi quruvçilarning elektron röyxati (Elektron röyxat)ga kiritilgan quruvçilar jalb qilişi mumkin.
Elektron röyxatga kiritiş uçun quruvçilar quyidagi talablarga javob berişlari lozim:
köp kvartirali uylarni quriş uçun belgilangan tartibda ajratilgan yer uçastkasi va quriliş işlarini amalga oşirişga birlamçi ruxsat beruvçi hujjatlar mavjudligi;
quriliş majmuasiga kiradigan köp kvartirali uylar va boşqa quriliş obektlari qiymatining 20 foizidan kam bölmagan miqdorda öz moliyaviy resurslari yoki mazkur mablağlarga yoxud uning yetişmayotgan qismiga kredit ajratiş haqida bank kafolat xati mavjudligi;
quriliş majmuasi uçun loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi mavjudligi («fast-track» usulida amalga oşiriladigan loyihalar bundan mustasno);
texnik va mualliflik nazorati hamda davlat nazoratini amalga oşiriş böyiça tegişli şartnomalar tuzilganligi;
uluşdorlar tomonidan kiritilgan mablağlarni jalb qiliş uçun tijorat bankida alohida hisobvaraq oçilganligi.
Uluş kiritiş asosida quriliş uçun mablağlar quruvçi va uluşdor örtasida tuzilgan şartnomaga muvofiq jalb qilinadi.
Quriliş vazirligi va uning hududiy tuzilmalari uluş kiritiş asosida quriliş haqidagi ma'lumotlarni yuritadi, quruvçilarni Elektron röyxatga kiritadi va şartnomalarni hisobga qöyadi.
Uluşdorlarning mablağlari quruvçining har bir quriliş majmuasi böyiça alohida bank hisobvarağida jamlanadi hamda faqat quruvçi va uluşdorlar örtasida tuzilgan şartnomalar böyiça majburiyatlarni bajariş maqsadlari uçun yönaltiriladi.
Quruvçilar:











