Hukumat vakillari davlat rahbari topşiriği bilan esklav hududdagi muammolarni örganib, dastur tayyorlaş va bu orqali mavjud muammolarni bartaraf etiş uçun taşrif buyurişgan.



Söx tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, mehmonlar dastlab Çaşma buloğiga borişgan.

Tuman hokimligi matbuot xizmati e'lon qilgan suratlarda boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov, boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Öktam Barnoyev, boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy munosabatlar masalalari böyiça örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Behzod Musayev, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov, Qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev, Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov va boşqalarni köriş mumkin.

Vazirliklar, ularning viloyat boşqarmalari rahbarlari vaziyatni barqarorlaştiriş, ijtimoiy-siyosiy holatni yaxşilaş, aholi muammolarini örganiş va hal qiliş borasida manzilli birlamçi vazifalar dasturini işlab çiqdilar.
Ayni damda Söx tumani aholisi va faollari vujudga kelgan vaziyatni yumşatiş borasida hukumat vakillari bilan birgalikda harakat qilmoqda.
Eslatib ötamiz, 1 iyun kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Söxda mahalliy aholi vakillari bilan uçraşuvda tez orada hukumat vakillari uşbu hududga kelib, aholi muammolarini örganişi va hal qilişi haqida aytgandi. Şuningdek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham şu kunlarda Farğona viloyatiga borişi kutilmoqda.











