Umidjon Boybekov toşqin yuz bergandan bir oy ötib, şu hafta özining baliqçilik faoliyatini qayta tiklaş va  200 gektardan ortiq xavzani tozalaşga qaror qildi. Iş kölami köp vaqt va xarajat talab qilgani bois, u zarur texnika vositalari davlat tomonidan bepul ta'minlanişidan umidvor.

—   Özbekiston bozordagi eng xaridorgir zoğora, amur va döngpeşona baliq turlaridan taxminan 500 tonna yetiştirişni möljallangan edik. Afsuski,  körilgan umumiy zarar 3 milliard sömdan oşişi mumkin”, deydi telefon orqali suhbatda “Navruz qut baraka” MÇJ rahbari U.Boybekov.

Baliqçilik mavsumiy biznes. Şuning uçun fermer xöjaligiga muvaqqat işçilar yollanadi. Mavsumga qarab 5-30 nafargaça işçi kuçi talab etiladi. Kuzda baliq sotiş boşlanadi. Baliq turiga köra, narx-navosi 25-35 ming söm qiymatda sotiladi.

—   Mirzaobod baliqçilikka ixtisoslaşgan rayon. Bizning “Mirzaçöl” mahallamizda yöq deganda 40 taça şunday fermer suv toşqinidan zarar kördi. Eng yomoni, ularning 50-60 foizida na hovuz va na baliqlar suğurtalanmagan. Şundan kelib çiqib, aksariyat tadbirkor va fermerlar faoliyatini davom ettiriş uçun Hukumatdan yordam söraşga majbur, — deya muammoning boşqa muhim tomoniga e'tibor qaratdi Umidjon aka.  

“Özagrosuğurta” aksiyadorlik jamiyati “Navruz qut baraka” MÇJga qaraşli baliqçilik havzasi va binolariga yetkazilgan zarar böyiça 138 million sömlik suğurta qoplamalarini töliq amalga oşirdi.

Ta'kidlaş joiz, global iqlim özgarişi muammosi favqulodda vaziyat sodir bölişini tobora odatiy holga aylantirmoqda. Qattiq qor-yomğir, döl yoğişi, haddan taşqari jazirama, qurğoqçilik, kuçli şamol, yonğin yoki toşqin oqibatlari fermer xöjaliklarining uylari va tirikçiliklariga tahdid solmoqda.