Davlat aktivlarini boşqariş agentligi 2025 yilning 10 iyulida “Özagrosuğurta” AJ ustav kapitalidagi 99,35 foiz davlat aksiyalar paketini sotiş böyiça xalqaro oçiq savdo jarayonlarini boşlagandi. Xususiylaştiriş jarayonlariga Deloitte xalqaro kompaniyasi maslahatçi etib tanlangan.

Agentlikning ma’lum qilişiça, belgilangan muddat – 2025 yil 22 avgustga qadar kompaniyani sotib olişga 4 ta investor qiziqiş bildirgan.

Konsultant arizalarni belgilangan mezonlar – moliyaviy imkoniyatlarning yetarliligi, huquqiy tösiqlar mavjud emasligi, jinoiy daromadlar va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi qonunçilikka rioya qiliş holati, Yevropa Ittifoqi, AQŞ va xalqaro moliya institutlari sanksiyalari röyxatlariga kiritilmaganligi va davlat kompaniyasi maqomiga ega emasligiga köra körib çiqqan.

Agentlik savdolarning keyingi bosqiçiga start berdi – talabgorlar majburiyatga ega bölgan takliflarni qabul qiliş bosqiçida iştirok etiş uçun taklif qilinadi.

Aktivni sotib oliş böyiça qiziqiş bildirgan barça talabgorlar axborotni oşkor etmaslik töğrisidagi bitimni imzolaşlari talab etiladi. Bundan taşqari, konsultant tomonidan tayyorlangan aktivning moliyaviy, yuridik va operatsion faoliyatiga oid ma’lumotlar, şuningdek, analitik hisobotlar joylaştirilgan virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kiriş imkoniyatiga ega böladi.

“Talabgorlar uşbu muddatga qadar “E-auksion” elektron savdo platformasida oçiladigan şaxsiy kabinetlari orqali öz qat’iy narx takliflari qiymatining kamida 1 foizini kafolatli tölov (Security payment) sifatida “Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş” AJning maxsus hisob raqamiga ötkazişi talab etiladi. Kafolat tölovi talabgor ğolib deb topilmagan hollarda qaytariladi; ğolib deb topilgan taqdirda – sotib oliş tölovining bir qismi sifatida hisobga olinadi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uçun, “Özagrosuğurta” AJ umumiy suğurta sohasining barça 17 ta klassi böyiça yuridik va jismoniy şaxslarga 100 dan ortiq suğurta xizmatlarini körsatadi. Kompaniya ustav fondi – 108,9 mlrd söm. 2024 yil yakuniga köra, suğurta mukofotlari 418,2 mlrd sömni taşkil etgan.

Avvalroq Mobiuz aloqa kompaniyasini sotib olişga 15 investor qiziqiş bildirganini ma’lum qilingandi