Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, Söx tumani hokimi örinbosarlari, tumandagi davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, Farğona viloyati hokimining örinbosarlari, viloyat boşqarma va taşkilotlar rahbarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ullari, Boş vazir örinbosarlari, respublika vazirlik va idora rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Şuningdek, sessiya işida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov ham iştirok etdi va ma'ruza qildi.
«Avvalambor siz hurmatli Söx tumani faollariga, sizlarning timsolingizda butun Söx ahliga muhtaram prezidentimiz, hurmatli Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning çuqur hurmat va ehtiromlarini yetkazaman.
Albatta, bir neça kun oldin çegara hududidagi bölgan noxuş holat köp narsalarni qaytadan körib, qaytadan qaraşga hammamizni majbur qildi. Bevosita prezidentimizning topşiriqlari bilan men boşçiligimda vaziyatni örganiş uçun mutasaddi idoralar rahbarlari yetib kelişdi.
Birinçi navbatda viloyat rahbari Şuhrat Ğaniyev va boşqa rahbarlar yetib kelib vaziyat çuqurlaşişiga yöl qöymagan. Tinçlikning qadriga yetiş bu juda katta baxt. Muhtaram prezidentimizning çegaradoş hududlar bilan olib borayotgan yaxşi qöşniçilik siyosatlarini butun jahon e'tirof etib turibdi», degan Abdulla Aripov.

Özbekiston boş vaziri Söx tumani obod bölişi uçun barça işlar amalga oşirilişini ta'kidlagan.
«Bizning oldimizda eng katta mas'uliyat turibdi – bu Söx tumanidagi muammolarni hal etiş va bevosita prezidentimizning e'tiborlari asosida tumanni obod qiliş. Buning uçun davlatimiz tomonidan barça imkoniyatlar va şaroitlar yaratib beriladi. Söx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça davlat rahbarining qarorlari ham çiqqan va şu asosda tumanda tizimli işlar olib borilişi lozim. Bu işlarda saylanadigan yangi tuman hokimidan katta mas'uliyat talab etiladi», degan u.
Şundan söng 2019 yildan buyon tuman içki işlar bölimi boşliği vazifasida işlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev Söx tumani hokimi etib tayinlandi.














