“Taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga soliş va avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir çora-tadbirlar töğrisida” prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy telegram-kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boşlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kişini taşişga möljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk taşişga möljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar böyiça transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aksiz soliği stavkalari bekor qilinadi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soliğiga tortiladigan tovarlarga aksiz soliği stavkalari Prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.

Autostrada saytining yozişiça, çetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uçun aksiz soliğining bekor qilinişi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham köproqqa arzonlaşişiga sabab böladi.