Bugun, 4 iyun kuni «Örikzor» savdo majmuasi qayta oçildi. Faqat quriliş materiallari bozori «Stroygorod» majmuasi bundan mustasno. Bu haqda Uçtepa tuman xokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Sönggi bir neça kun davomida Uçtepa tuman xokimiyati tomonidan «Örikzor» savdo majmuasining qayta işga tuşişi böyiça xavfsizlik çoralari körilgan.

Ma'lum qilinişiça, bozorga kirişda 3ta dezinfeksiya tunneli örnatilgan, teplovizorlar mavjud, ijtimoiy masofa saqlaş talabi qöyilgan, yuk avtomobillari uçun maxsus joylar hozirlangan, sotuvçilar va xaridorlar örtasi tösiq bilan ajratilgan, bozor hududiga eslatmalar tarqatilgan.

Eslatib ötamiz, «Örikzor» savdo majmuasi hududidagi sotuvçilardan birida 23 may kuni koronavirus aniqlangan va bozor vaqtinça yopilgandi.

Keyinroq, 1 iyun kuni bozor sotuvçilaridan yana biriga virusdan zararlaniş taşxisi qöyildi.