2020 yil 2 iyun kuni Şörçi tumanida odam ölimi bilan yakunlangan yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Şu kuni soat 13:50da tumanning “Egarçi” mahallasi hududidan ötuvçi M-41 avtomobil yölining 1504-kilometrida, şu mahallada yaşovçi M.A. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinasini hujjatlarsiz “Denov-Şörçi” yönalişida boşqarib kelib yölning öng qismida velosipedda harakatlanib ketayotgan, tumanning “Oqtumşuq” mahallasida yaşagan X.G.ni turtib yuborgan. 

Natijada, X.G. “hayot uçun xavfli bölgan oğir” tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

“Hurmatli fuqarolar, şu örinda bir eslatma, avtoulovni harakatlantirişdan oldin avtoulovni boşqariş huquqini beruvçi tegişli hujjatlarning töliqligiga hamda uning soz holatda ekanligiga işonç hosil qiling!

Aks holda yuqoridagi holat kabi özingiz va özgalarning  hayotini xavf ostiga qöyişingiz, fojianing qurboni yoki sababçisiga aylanib qolişingiz mumkinligini unutmang!” - deyiladi ma'lumotda.