Bentley avtomobilsozlik kompaniyasi kelgusi haftada BAAdagi eng baland toğ çöqqisida restoran oçmoqda. Restoran dengiz sathidan 1934 metr balandlikda Jabil-Jays toği çöqqisida joylaşgan. 

Peak of Luxury deb nom olgan restoran çodir içida joylaşgan. Restoran boş oşpaz Kolin Klag taomnomasidagi 150 ta klassik britan taomini taklif qiladi. Avvalroq Klag Burj Al Arab-Ruya va Zuma restoranlarida işlagan.

“Men faoliyatim davomida köplab davlatlardagi turli oşxonalarda işlaganman, biroq heç qaçon mijozlarga BAAdagi kabi eng baland toğda joylaşgan antiqa restoranda xizmat körsatmaganman. Bu, şubhasiz, esdan çiqarib bölmaydigan onlardir”, deb aytgan Klag.

Restoranning oçilişi Yaqin Şarqda Bentley’ning yangi Bentayga V8 va Continental GT modellari çiqarilişi bilan birga keçadi.