Turkiya 10 iyundan boşlab 40ta mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda mamlakat transport va infrastruktura vaziri Odil Karaismailoglu ma'lum qildi.

"Xalqaro aviareyslar şu oydan boşlanadi, 40ta mamlakat bilan reyslar tiklanadi. 10 iyundan Bolgariya, Qatar, Gretsiya, Bahrayn va Şimoliy Kiprga parvozlar boşlanadi", - deya uning sözlarini keltirmoqda NTV telekanali.

Vazirning sözlariga köra, Anqara birinçi bosqiçda 15 mamlakat bilan aviaqatnovlarni tiklaş böyiça dastlabki kelişuvga erişgan.

"Hozirda Şimoliy Kipr, Avstriya, Litva, Serbiya, Qozoğiston, Albaniya, Belarus, BAA, Moldova, Özbekiston, Ukraina, Marokaş, Iordaniya, Sudan va Italiya bilan kelişuvga erişdik", - dedi Karaismailoglu.

Turkiyada 1 iyundan içki parvozlar tiklangandi. Turkish Airlines aviakompaniyasi 18 iyundan Yevropaga xalqaro reyslar boşlanişini e'lon qildi.

Mamlakatda koronavirus tarqalişiga qarşi kuraş doirasida mart oxirida xalqaro va içki aviaqatnovlar töxtatilgandi. Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 166 mingdan ziyod bölib, 4609 kişi vafot etgan, 130852 kişi soğaygan.