– Diyor, çempionat tiklanişi ma'lum bölgaç, klublar maşğulotlarni boşlab yubordi. Ular yana qöşimça tekşiruvlardan ötadimi?

– Şu vaqtgaça 6-7ta klub koronavirusga test topşirib bölgan. Öyinlar boşlangunça hammani tekşirib bölamiz.

– Jamoalarning stadionga keliş tartibi qanday böladi?

– Klublar stadionga boşqa-boşqa vaqtda keladi. Biz maxsus rolik tayyorlayapmiz va unda klublar stadionga kelişidan avtobus dezinfeksiya qilinişigaça körsatilgan. Masalan, avtobusda oldin hamma yonma-yon ötirgan bölsa, hozir «zigzag» körinişida ötirişadi. Bundan taşqari, har bir futbolçi yeçiniş xonasigaça tekşiruvdan ötib kirib boradi. Öyinga yarim soat qolganida sport jurnalistlarini bitta-bitta tekşirib kiritişni boşlaymiz, çunki öyin boşlangunga qadar futbolçilar va jurnalistlarning uçraşişiga yöl qöymaslik kerak. Jurnalistlar, fotograflar öz örnini egallagaç, futbolçilar maydonga çiqib keladi. Stadionda futbolçilardan boşqa hamma niqobda böladi.

– Muxlislar bölmaganidan keyin stadionda militsiya xodimlarining ham keragi bölmas?

– Militsiya xodimlari stadionda bölişi şart. Birinçidan, bu protokolda körsatilgan. Bundan taşqari, öyinga kirişni xohlab qoluvçi qiziqqon muxlislar uçrab qolişi mumkin. Militsiya xodimlarisiz tartibni saqlay olmaymiz. Stadionda umumiy hisobda 250 kişi bölişini möljallayapmiz. Bundan oşirmaslikka harakat qilamiz.

– Öyinlarning ötişida asosiy işni mezbon jamoa qilsa-da, PFL barçasini nazorat qiladi. Şu tomondan olganda, PFL hozir töliq iş faoliyatiga ötdi desak böladimi?

– Töliq bölmasa ham, iş jarayoniga aralaşişi şart bölgan xodimlar işga çiqqan. Karantin talablari 15 iyungaça uzaytirilgan, ammo biz musobaqani ötkazişimiz kerak, şu sabab kerak xodimlarimiz işlamoqda. Hozir iş eng köp bölgan vaqt.

– PFL «Bunyodkor» stadionida ikki yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Bu yerda qaysi asosida işlaysizlar?

– «Bunyodkor» stadioniga ijara tölaymiz. Bizga umumiy 8ta xona ajratilgan. PFL doim yopiq taşkilotdek köringan, lekin unday emas.