Bundesliga 30-turidan örin olgan «Bayyer»ga qarşi öyinda «Bavariya» 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Myunxenliklar safida kiritilgan ikkita golga germaniyalik Tomas Myuller assistentlik qildi.
Şu tariqa Myuller Bundesliganing joriy mavsumidagi golli uzatmalar sonini 20taga yetkazib oldi va bu borada Keyin De Bryuyne örnatgan rekordni takrorladi. Hozirda «Mançester Siti»da öynayotgan De Bryuyne 2014/15 yilgi mavsumda «Volfsburg» safida 20ta golga assistentlik qilgan va bu Bundesliga rekordi bölib turgandi.
Musobaqa tugaşiga yana 4 tur qolganini inobatga olsak, Myuller bu borada yaqqol rekordçiga aylanib olişi mumkin. Ammo Myuller sariq kartoçkalari soni köpayib ketgani sabab keyingi turda «Borussiya M»ga qarşi öyinni ötkazib yuboradi.
Tomas Myuller «kuçli beşlik» çempionatlarining joriy mavsumdagi eng yaxşi assistenti bölib turibdi. Undan keyingi örinlarda Keyin De Bryuyne (17), Jyeydon Sanço (16) va Kristofer Nkunku (15) bormoqda.
Ma'lumot uçun, APLda ham bir mavsumda amalga oşirilgan golli uzatmalar böyiça rekord 20ta assistga teng. 2002/03 mavsumida «Arsenal» afsonasi Teri Anri qayd etgan rekord haligaça APLdagi biror futbolçi tomonidan yangilanmagan.












