Eron hukumati MRB va Isroilning “Mossad” razvedkasi bilan hamkorlik qiliş hamda general Qosim Sulaymoniyning manzili haqida ma'lumot berişda gumonlangan fuqaroni ölimga hukm qildi. Bu haqda Eron oliy sudi vakili Ğulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.
“Mahmud Musoviy Majd MRB va “Mossad” bilan aloqada bölgan va dollar evaziga Islom inqilobi muhofizlari korpusi ortidan josuslik bilan şuğullangan”, - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Mehr agentligi.
Ismoiliyning qöşimça qilişiça, u “duşmanlarga Sulaymoniyning qayerdaligi haqida ma'lumot bergan”.
Uning sözlariga köra, “Majd ölim jazosiga hukm qilingan va hukm tez orada ijro etiladi”.
Eslatib ötamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bağdodda AQŞ harbiylari ötkazgan operatsiya natijasida öldirilgandi.










