Mercer kompaniyasi ötkazgan tadqiqotga köra, xorijlik mutaxassislar (ekspatlar) yaşaşi uçun eng qimmat şahar Hongkong deb topildi. E'tiborlisi, Toşkent ekspatlar yaşaşi uçun yana eng arzon şaharlardan biri deb topildi.

Turkmaniston poytaxti Aşxobod ekspatlar yaşaşi uçun eng qimmat şaharlar orasida 2-örinni egallab, Tokio, Tsyurix, Singapur, Seul va Şanhay kabi şaharlarni ortda qoldirgan. Bir yil avval Aşxobod uşbu Cost of Living Survey reytingida 7-örinni egallagan. 

Toşkent esa ekspatlar uçun eng arzon şaharlar orasida yana yetakçilar qatorida böldi. Özbekiston poytaxti reytingda keltirilgan 209 ta şahar içida 206-örinni egallagan. Toşkent uşbu örinni Qirğiziston poytaxti Bişkek bilan bölişgan. Bir yil avval Toşkent 208-örinni egallagan.

Ekspatlar uçun eng qimmat şaharlar öntaligidan Hongkongdan taşqari, Tokio, Tsyurix, Singapur, Nyu-York, Şanhay, Bern, Jyeneva va Pekin joy olgan.

Xorijlik mutaxassislar uçun eng arzon şaharlar öntaligidan, ya'ni reytingning eng quyi örinlaridan esa Pokiston poytaxti Islomobod, Zambiya poytaxti Lusaka, Şimoliy Makedoniya poytaxti Skope, Gruziya poytaxti Tbilisi, Gambiya poytaxti Banjul, Pokistonning yana bir şahri Karaçi, Toşkent, Bişkek, Namibiya poytaxti Vindxuk va Tunis poytaxti Tunis joy olgan.