Vazirlar Mahkamasining “Andijon iqtisodiyot va quriliş institutini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Quriliş vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining Andijon viloyati Andijon şahrida Andijon iqtisodiyot va quriliş institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
hududda iqtisodiyot, quriliş soha va tarmoqlarining rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalari, şuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlaniş tendensiyalarini hisobga olgan holda iqtisodiyot va quriliş sohasi böyiça amaliy könikmalarga ega, raqobatbardoş oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni, şuningdek, ommaviy kasb mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
öquv va ilmiy laboratoriya xonalarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlaş hamda öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;
xorijiy yetakçi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribasini tatbiq etiş asosida malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlarini işlab çiqiş, öquv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş;
öquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy boğliqligini ta'minlaş maqsadida iqtisodiyot va quriliş sohasidagi taşkilotlar bilan birgalikda talabalarning amaliyotlarini tegişli soha taşkilotlarida taşkil etiş, bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaş böyiça maqsadli hamkorlikni yölga qöyiş;
ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;
iqtisodiyot va quriliş sohasini rivojlantirişning ilmiy-metodik vazifalarini hal etiş, ilğor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilişga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriş va iqtidorli talaba-yoşlarni ilmiy faoliyat bilan şuğullanişga keng jalb etiş;
respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş.












