Gretsiya 15 iyundan mamlakatga xorijlik turistlar qaytişiga katta umid boğlamoqda. Mamlakat iqtisodiyoti koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş doirasida çeklovlar kiritilganidan keyin keskin yomonlaşdi.
Afina mamlakat YaIMning 20 foizdan ortiğini taşkil etuvçi turizm orqali iqtisodiyotini tiklaşiga töğri keladi. 2019 yilda mamlakatga 33 mln sayyoh kelgan bölib, ular davlatga 18,2 mlrd yevro daromad keltirgandi. Bu yil esa turizmga fevraldayoq çek qöyildi. Turizm sohasi vakillarining sözlariga köra, koronavirusning yangi tölqini xavfiga qaramasdan, turizmni tiklaşdan boşqa yöl yöq.
29 may kuni Gretsiya turizm vazirligi 15 iyundan sayyohlarni jönatişi mumkin bölgan mamlakatlar röyxatini e'lon qildi. Röyxatdan 29 mamlakat joy olgan bölib, uni tuzişda mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat hisobga olingan.
Röyxatga Albaniya, Avstraliya, Avstriya, Şimoliy Makedoniya, Bolgariya, Germaniya, Daniya, Şveytsariya, Estoniya, Yaponiya, Isroil, Xitoy, Xorvatiya, Kipr, Latviya, Livan, Litva, Malta, Çernogoriya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Çexiya, Finlyandiya kiritilgan.
Turizm vaziri Xaris Teoxaris bu mamlakatlar fuqarolari heç qanday karantinlarsiz va koronavirusga test topşirişlarsiz Gretsiyaga kirişlari mumkinligini bildirdi.
Keyinroq 1 iyuldan Gretsiyaga kirişi mumkin bölgan mamlakatlar röyxati e'lon qilinadi. Vazirning aytişiça, kasallik yuqtiriş holatlari aniqlanadigan bölsa, COVID-19ga çalinganlar uçun kasalxonalarda 600ta örin hozirlab qöyilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Gretsiyada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 3068ta holat qayd etilgan, 183 kişi vafot etgan.












