“Irqiy tenglik va adolatga erişişga qaratilgan oxiri yakunlanmagan iş bizdan hisobot talab qiladi. Bu vaziyatni özgartiriş mumkin, şu sababli Apple bunday özgarişlar jarayonida harakatlantiruvçi kuç böliş majburiyatini öz zimmasiga oladi. Men Apple’da irqiy tenglik va adolatga bağişlangan uşbu taşabbusni bugun e'lon qiliş imkonidan faxrlanaman”, deb ta'kidlab ötgan Kuk.
 
Taşabbus kompaniya xodimlari orasida etnik ozçilik vakillari sonini oşirişni va egalari qora tanli tadbirkorlar bölgan firmalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşni közda tutadi.

Apple ma'lumotlariga köra, hozirda kompaniyada etnik ozçilik vakillari (Osiyo va Janubiy Şarqiy Osiyo davlatlaridan bölganlardan taşqari) uluşi umumiy xodimlar sonidan 24 foizni va yangi işga qabul qilinganlar sonidan 31 foizni taşkil qiladi.  

AQŞda irqçilik mavzusi afroamerikalik Jorj Floyd oq tanli politsiyaçi qöpolligi sababli vafot etgandan keyin yana dolzarblaşdi.