Zamonaviy tibbiyotning eng sönggi yangiliklarini özida jamlagan bu klinika nomi bejizga qöyilmagan va faoliyatining asosida nanotexnologiyalar, nuklear tibbiyot yotadi.

Köp yönalişlar böyiça Markaziy Osiyoda yagona bölgan bu tibbiy markaz Özbekistonda tibbiy turizm rivojiga ham hissa qöşiş salohiyatiga ega. Çunki bu maskanda qöllanilayotgan uslublar qöşni davlatlarning aksariyatida hali joriy etilmagan, rivojlangan davlatlarda esa ança qimmat hisoblanadi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Tibbiy markazda radionuklid tekşiruviga asoslangan yadro tibbiyoti va intervension radiologiya joriy qilingan. Bu turli endokrin va onkologik kasalliklarni aniqlaş va davolaşda katta samara beradi. Uşbu yönalişlar Atom energetikasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) nazoratida taşkil etilgan.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Bundan taşqari, Germaniya, Turkiya, Rossiyadagi yetakçi tibbiy markazlar bilan hamkorlik yölga qöyilgan. Klinikada, şuningdek, suyak töqimasining mineral ziçligini aniqlaşning diagnostik usuli ham muvaffaqiyatli qöllanmoqda.

Davlat rahbari taşrifi böyiça klinika boş şifokori, tibbiyot fanlari nomzodi, nuklear tibbiyot mutaxassisi Yahyoxöja Nosirxöjayev bilan suhbatlaşdik.

«Prezidentimizga klinikamizning quriliş uslubi, har bir qadam maydondan unumli foydalanilgani yoqdi. Şu joyning özida mutasaddilarga bu tajribani boşqa qurilişlarda ham qöllaş böyiça körsatmalar berdilar. Bundan albatta juda xursand böldik», – deydi şifokor.