Avstraliya, Fransiya, Italiya, AQŞ, Germaniya, Kamerun va singapurlik olimlardan iborat xalqaro guruh koronavirus nafaqat qand kasalligi davolanişini qiyinlaştirişi, balki uning rivojlanişini keltirib çiqarişi haqidagi xulosaga kelişdi.
New England Journal of Medicine naşrida ma'lum qilinişiça, koronavirus va qand kasalligi örtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
“Koronavirusga çalinganlarda qand kasalligi boşlanişi va mavjud bölgan qand kasalligining oğir metabolik asoratlari kuzatilgan”, deyilgan maqolada.
Olimlar koronavirusning hujayralarga kirib borişini ta'minlovçi ACE-2 fermenti oşqozonosti bezi beta-hujayralariga, yoğ töqimasi, ingiçka içak va buyraklarga ta'sir qilişi haqidagi taxminni ilgari surişdi. Buning natijasida koronavirus glyukoza metabolizmi özgarişini keltirib çiqarişi mumkin.
Olimlar koronavirus oqibatida rivojlanuvçi qand kasalligi uning yangi turi hisoblanişi yoki ma'lum bölgan ikki turidan biriga tegişli ekanini hali bilişmaydi.
Bu muammoni hal qiliş uçun olimlar guruhi koronavirus bilan boğliq qand kasalligiga ega bemorlar global röyxatini tuzişgan.













