4000 dona körpa-töşak, yostiq va yotoq jamlamalarini öz içiga olgan gumanitar yordam 7ta yuk taşuvçi maşinada yetkazib beriladi. Uşbu insonparvarlik yordami, bugun 2020 yil 15 iyun soat 16:00da, Guliston şahridagi Alpomiş sport kompleksida taşkil etiladigan marosimda, Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Mehmet Surayyo Er va TIKA agentligi rahbari Jamoliddin Tuney janoblari tomonidan Sirdaryo hokimligiga taqdim etiladi.


Eslatib ötamiz, bu Turkiya davlat taşkilotlari va tadbirkorlarining ayni yönalişdagi birinçi yordami emas. Bundan oldin Özbekistonda yaşayotgan turk diasporasi vakillari «Sardoba» falokati tufayli qiyin vaziyatda qolgan sirdaryoliklar uçun xayriya aksiyasi ötkazib, 686,5 mln söm va 10,3 ming dollar mablağ yiğişgani töğrisida xabar berilgandi.









