Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi matbuot maslahatçisi Dovud Gazi Benli bergan ma'lumotga köra, yiğilgan mablağ Özbekiston hukumati tomonidan Sardoba uçun oçilgan rasmiy hisobga ötkazilgan.
Ma'lum qilinişiça, Özbekistondagi turklar va turk tadbirkorlari, Özbekiston va Turkiya işbilarmonlar uyuşmasi (UTID) va Turkiyaning Özbekistondagi elçixonasi hamkorligida «Turkiyadan salomlar! Sardoba, biz birgamiz!» nomli jamğarma falokatning dastlabki kunidanoq taşkil qilingan edi.
«Aksiya davom etmoqda va kelgusida yiğiladigan moddiy yordam takror e'lon qilinib, rasmiy hisob raqamiga ötkaziladi. Özbekistonda yaşaydigan turklar har qanday vaziyatda har doim Özbekistonlik birodarlarimizga dalda bölişda davom etadilar», – deydi Dovud Gazi Benli.
Eslatib ötamiz, Sardoba falokati jabrlanuvçilari uçun rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov 10 mln dollar ajratgan.
Qirğiziston ming tonna sement, yuz tonna guruç va 10 tonna ösimlik yoğidan iborat insonparvarlik yordami yubordi.
AQŞ hukumati va USAID yuz ming dollar taqdim etişini ma'lum qilgan.
Xorijdagi özbekistonliklar va boşqa mamlakatlar fuqarolari GoFundMe platformasi orqali hozirga qadar 19 ming dollarga yaqin mablağ yiğişdi.


















