Ğişt işlab çiqaruvçi yirik kompaniya Acme Brick AQŞdagi namoyişçilarni qöllab-quvvatlaşda gumon qilinmoqda, deb yozmoqda Bloomberg. Kompaniya hozirda amerikalik sarmoyaçi, milliarder Uorren Baffettning Berkshire Hathaway xoldingiga tegişli hisoblanadi. 

Iyun boşida ijtimoiy tarmoqlarda uşbu kompaniya ğiştlari namoyişçilar qöllaşi uçun ataylab köçalarda taşlab ketilgani haqida xabarlar paydo bölgan.

Uşbu gumonlar haqida kompaniyaning marketing böyiça direktori Britt Stouks ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan. Foydalanuvçilardan biri Twitter’da kompaniya logotipi tuşirilgan ğiştlar suratini joylaştirgan. Uning ta'kidlaşiça, ğiştlar Frisko şahrida namoyişçilar olişi uçun ataylab köçalarda taşlab ketilgan. Stouks suratdagi ğiştlar partiyasini tekşirib, uşbu partiya devorni ta'mirlaş uçun uy egalari uyuşmasiga yetkazilganini aniqlagan. Mahalliy politsiya ham uşbu ma'lumotni tasdiqlagan.   

Şunga qaramay, kompaniya namoyişçilarni qöllab-quvvatlayotgani haqidagi miş-mişlar ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Facebook, YouTube, TikTok orqali tarqala boşlagan. Ijtimoiy tarmoqlar yolğon ma'lumotlarga qarşi kuraşsa-da, biroq bunday ma'lumotning tarqalişini nazorat qiliş muammo hisoblanadi, çunki u bir ijtimoiy tarmoqdan ikkinçisiga ötib ketadi.

AQŞda afroamerikalik Jorj Floyd ölimidan keyin noroziliklar boşlangandi. Köplab joylarda namoyişlar tartibsizliklarga aylanib ketgan. Namoyişçilar politsiyaga qarşi töqnaşuvlarda ğiştlar qöllagan holatlar ham qayd etilgan.