Muxolifatçi bloger Sergey Tixanovskiyning rafiqasi Svetlana Belarus prezidentligiga nomzodini röyxatdan ötkaziş uçun ariza berişdan voz keçişga tayyorligini aytdi. U buni özi va farzandlariga nisbatan bölayotgan tahdidlar bilan izohladi.
Tixanovskayaning sözlariga köra, u röyxatga oliniş uçun zarur 100 mingta imzoni berişni boşlaş uçun Gomelga kelganida unga noma'lum raqamdan qönğiroq bölgan. Unga va farzandlariga tahdid qilişgan hamda bu taşrifni davom ettirmasligi kerakligini aytişgan. Svetlana Tixanovskaya bu haqda öz tarafdorlariga qilgan videomurojaatida ma'lum qildi.
"Oldimda tanlov turibdi: farzandlarim yoki kuraşni davom ettiriş. Nimani tanlaşim aniq", - dedi Tixanovskaya va uning har qanday qarorini tuşunişlari kerakligini iltimos qildi.
Taşabbuskor guruhga mamlakatdagi taniqli YouTube-kanallardan biri muallifi Sergey Tixanovskiy nomzodini röyxatdan ötkazişga rad javobi berilgandi, çunki u hujjatlar taqdim etilgan paytda hibsga olingandi. Blogerga jamoat tartibini qöpol ravişda buziş ayblovi e'lon qilingan.
Avvalroq tadbirkor Natalya Kisel Belarus prezidenti saylovidan nomzodini olib taşlaşga qaror qilgandi.
Belarusda prezidentlik saylovlari 9 avgustda bölib ötişi rejalaştirilgan. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukaşenko oltinçi muddatga saylaniş niyatida va kerakli miqdordagi imzolarni töplab böldi.










