Qabul masalalari yuzasidan AOKAda ötkazilgan brifingda Boş vazir örinbosari Behzod Musayev joriy yilgi kiriş imtihonlarining adolatli ötişi qay tartibda nazorat qilinişi haqida ma'lumot berdi.

Musayevning ta'kidlaşiça, abituriyentlarni imtihonga tekşiruvdan ötkazib kiritiş masalalari huquqni muhofaza qiliş organlar bilan körib çiqilmoqda.

«Pandemiya şaroitida abituriyentni tekşiriş orqali kontaktga kirişiş sodir böladi. Biroq biz ham tekşiruvçini himoya qiladigan, ham abituriyentlarning nazoratini ta'minlaydigan tizim işlab çiqamiz», – dedi Behzod Musayev.

Boş vazir örinbosarining sözlariga köra, imtihon ötadigan muddatda barça mobil telefonlarni öçirib qöyişning imkoni yöq, bu qolgan odamlarga qiyinçilik tuğdirişi mumkin.

«Möljalimiz böyiça avgust oyi respublikada töliq test oyi böladi. Şuning uçun hamma telefonlarni öçirmagan holda nazoratni taşkil qilamiz. Kattaroq tadbirlarga bizni ham tekşiruvdan ötkazib, keyin kiritişadi.

Xuddi şuningdek, içkariga bekitib telefon olib kirmoqçi bölgan abituriyentlarni aniqlaş qiyin emas. Agar kimda telefon aniqlansa, testga yaqinlaştirilmaydi, kerak bölsa, ular keyingi yil ham imtihonga kiritilmaydi», – dedi u.

Behzod Musayev «öyin qoidalari avvaldan e'lon qilinişi», qoidabuzarlarga «qattiq çora körilişi»ni bildirdi.