28-turdan keyin murabbiylar qöyidiga jihatlarga alohida e'tibor qaratişgan.
Futbolçilarning jismoniy tayyorgarligi - mavsumdagi ilk öyinlardagi kabi. Hatto undan ham yomonroq bölişi ehtimoli katta. Çunki odatiy yozgi ta'tildan ham uzoqroq tanaffus böldi va futbolçilar odatiy mavsumoldi maşğulotlarni amalga oşira olişmadi ham. Öyin oxirlarida jamoalar çarçab qolayotganining sababi şundan.
Barça bor imkoniyati bilan öynamoqda - buni futbolçilarning öynaşni soğinganliklari bilan ham izohlaş mumkin. Şuning uçun ham öyin oxiriga borib tomir tortib qoliş holatlari kuzatilmoqda. Odatda yuqori tempdagi öyinlarda ham bu holat kam kuzatilardi.
Hammadan ham darvozabonlarga qiyin bölyapti - tanaffus vaqtida ularga maşğulot jarayonini taşkil qiliş juda qiyin bölgan. Örtoqlik öyinlarisiz yuqori formaga qaytiş darvozabonlar uçun qiyinroq.
Öyinlar taqvimi ziç bölgani uçun yangiliklarni amalda sinab köriş uçun vaqt yöq. Asosiy e'tibor va vaqt tiklanişga sarf bölmoqda. Futbolçilar texnik holati ham örtaçadan past.
Beş marta futbolçi almaştiriş murabbiylarga qöl kelmoqda - masalan, «Vilyarreal» öyin davomida barça kreativ futbolçilarni almaştirişga muvaffaq böldi va öyin oxirida ğalaba qozondi.
Taqvim ziç bölgani uçun kuçsiz klublar öziga xos strategiya va afzalliklarni tanlaşmoqda. Masalan, «Eybar» «Real»ga qarşi kuçli tarkibni qöymadi, çunki baribir imkoniyat kam. Buning örniga uç kundan keyin, saviya jihatidan yaqinroq bölgan jamoaga qarşi öyinga urğuni qaratgan.
Öyin ritmi özgarişi odatdagidan ança kam bölmoqda. Masalan, «Sevilya» derbining birinçi bölimida öyin tempini juda uzoq vaqt bir xil uşlab turgani e'tiborga molik.
Hakamlar bilan tortişuvlar ham kamaygan. Futbolçilar hakam qarorlarini xotirjam qabul qilişyapti. Bu ham tabiiy. Birinçidan, bölib ötgan voqealar, pandemiya ularni yanada sokinroq qilib qöygan bölsa, yana bir sababi, muxlislarning quvvatlaşi bölmagani uçun emotsional holatga kirib qolişmayapti va özlarini ança xotirjam tutişmoqda.












