2020 yilning 7 iyun kuni taxminan soat 15:30da Toşkent viloyatida IIB xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbiri ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Natijada, Qibray tumani Tanovar köçasida yaşovçi 67 yoşli Q.T. xonadonida yaşirin ravişda 19 dona 12x76 kalibrli içi töldirilgan butun holdagi patronlar, 9 dona 12x76 kalibrli gilzalar, ikki xil turdagi taxminan oğirligi 100 gr yonuvçi kukunlar (porox) va xar xil turdagi taxminan vazni 1,5 kilogrammni taşkil qiluvçi drob, şuningdek öq dori yasaş uçun möljallangan 8 turdagi detal va moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar iştirokida aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirilib olingan.


Sud ballistik ekspertiza xulosasida fuqaro Q.T.ning uyidan olingan patronlar otiş uçun yaroqli, gilzalar esa otiş uçun yaroqsiz ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş va saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalarini öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs javobgarlikdan ozod qilinişi töğrisida eslatib ötamiz”, - deyiladi ma'lumotda.












