Videosuhbatda bir vaqtning özida 35 nafargaça foydalanuvçi qatnaşa oladi. Bunda qönğiroqning davomiyligi çeklanmagan.  

«Yandeks» kompaniyasi öz messenjeri ortidan alohida ilovani örnatmasdan foydalaniş mumkin bölgan «Yandeks.Telemost» — bepul videoqönğiroqlar xizmatini işga tuşirdi.

«Yandeks.Telemost» brauzerning özida videosuhbat qiliş imkonini beradi. Konferensiyaga qönğiroq boşlaşdan oldin paydo böladigan havola orqali boğlaniş mumkin. 

Suhbatda bir vaqtning özida 35 nafargaça foydalanuvçi qatnaşa oladi. Bunda qönğiroqning davomiyligi çeklanmagan.  

Uşbu servis «Yandeks.Brauzer» va Google Chrome brauzerlarida işlaydi, şuningdek, «Yandeks.Disk« va «Yandeks.Poçta» ilovalari orqali smartfonlarda ham foydalaniş mumkin. Videosuhbat qiliş uçun foydalanuvçining «Yandeks»da akkaunti bölişi lozim.