Şundan keyin Braziliyada koronavirusga çalinganlar soni 923189 nafarga yetgan. Şuningdek, sönggi sutkada mamlakatda koronavirusdan 1282 kişi vafot etgan. Virus qurbonlari umumiy soni 45241 nafarni taşkil qilmoqda. Şu bilan birga, 441729 kişi kasallikdan soğayib ketgan. 

Braziliyada virus tarqalişi bilan eng oğir vaziyat San-Paulu ştatida va uning şunday nomdagi poytaxtida keçmoqda. San-Paulu şahri va unga yondoş hududlarda 21mlndan köproq kişi yaşaydi. Hozirda hududda 190 mingdan köproq kişida koronavirus aniqlangan, ulardan 11 mingdan köproği vafot etgan.

Şu bilan birga, mamlakatning köplab hududlarida çeklovlar sekin-asta yumşatilmoqda.

Ayni vaqtda mamlakat koronavirusga çaliniş va undan ölim holatlari soni köpligi böyiça AQŞdan keyin dunyoda 2-örinda turibdi. Avvalroq Braziliya soğliqni saqlaş vazirligida vaziyat iyulgaça barqarorlaşişi, avgustda virus tarqalişi sekinlaşişi, sentyabrda esa keskin pasayiş kuzatilişi prognoz qilingan.