Access Health International ilmiy markazi prezidenti va boşqaruv kengaşi raisi hamda Odam immuniteti tanqisligi virusi (OIV) va inson genomini tadqiq qiliş orqali tanilgan dunyoning yetakçi virusologlaridan biri Uilyam Xazeltayn Bloomberg TV telekanaliga bergan intervyusida koronavirus borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Jamoaviy immunitet haqida
«Jamoaviy immunitet — bu xayolot. U mazkur virus bilan boğliq holatda mavjud emas. Bu Şvetsiyada köplab ölimlarga olib kelgan xavfli xayolot. Men bu sözni luğatimizdan, fikrlarimizdan butunlay çiqarib taşlagan bölardim. Bu eng yaxşi holatda ham millionlab odamlarning ölimi demakdir. Biz rostdan ham antibiotiklar ixtiro qilinişidan oldingi davrga qaytmoqçimizmi? Biz rostdan ham örta asrlarga qaytmoqçimizmi?»
AQŞda koronavirusning ikkinçi tölqini yuz berişi haqida
«Biz hali birinçi tölqindan ötganimiz yöq, şunday ekan, ikkinçi tölqin haqida gapirişga hali juda erta. Biz duç kelgan narsa – sunamiga öxşagan uzun tölqin. AQŞda kasallanişlar soni böyiça tekislikka çiqdik. Bu tekislikdan pastga tuşiş ança vaqtni oladi. Hozir esa tepalikka kötarilayotganga öxşayapmiz. Va ança yuqoriga kötarilmoqdamiz. Hozir kuniga 20 mingdan ortiq bemor qöşilyapti — bundan ikki oy avvalgi kabi. 1 aprelda 20 ming kişilik körsatkiçdan ötgandik. Bu ança avval bölgandi, hozir esa iyunning örtasi».
Karantindan erta çiqiş haqida
«Biz oçilyapmiz va antibiotiklar endigina paydo bölgan Ikkinçi jahon uruşidan keyingi davrga qaytyapmiz. Penitsillinni kaşf etdik. Ammo ungaça temir yöllarni, şaharlarni qurdik va ertangi kun heç qaçon kelmaydigandek yaşadik. Infeksiya ölimga olib kelişini hamma bilardi. Biz öşa davrlarga qaytdik. Biz dunyoni vaksina va antibiotiklardan avval qurdik. Şunday davom etamiz, lekin buning badalini tölaymiz».
Vaksina haqida
«Agar COVID-19ni davolaşda nima eng samarali bölişi borasida garov öynaşimga töğri kelsa, vaksina 50 foizga, dorilar esa 90 foizga xavfsiz va samarali degan bölardim.
Biz vaksinaga ega bölişimiz mumkin, biroq uning qançalik yaxşi foyda berişini bilmaymiz va uning xavfsizligini aniqlaşimiz uçun yana olti oy kerak böladi. SARS va MERS tajribasi körsatmoqdaki, ular 15 yildan beri biz bilan birga, vaksinalar qisman samara beradi va uzoq vaqtga immunitet hosil qilmaydi. Balki omadimiz kelar, balki yöq. Vaksina töliq xavfsiz va samarali bölmasligi ehtimoli katta, balki aksinça. Gap bu aksinçaning qançaligida.














