Jahon | 15:35 / 17.06.2020
2259
2 daqiqa o‘qiladi

Hilton butun dunyodagi xodimlarining 22 foizini ishdan bo‘shatadi

May oyida Hyatt Hotels Corp butun dunyo bo‘ylab 1,3 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishini e'lon qilgandi. O‘tgan oyda Marriott International Inc haq to‘lanmaydigan ta'til oktyabrgacha uzaytirilishini ma'lum qildi.

Foto: Reuters/Scanpix/LETA

Amerikaning Hilton Worldwide Holdings mehmonxonalar tarmog‘i butun dunyodagi xodimlarining 22 foizini ishdan bo‘shatishini e'lon qildi.

Natijada 2,1 mingga yaqin kishi ishidan ayriladi.

Kompaniya avvalroq korporativ to‘lovlarni va ish soatlarini qisqartirishini ma'lum qilgan, qator xodimlar haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarilgandi. Qayd etilishicha, bu choralar yana uch oy davom etadi.

"Hilton’ning 101 yillik tarixi davomida bizning sohamiz sayohatlarning butunlay to‘xtashiga olib keluvchi global inqirozga duch kelmagandi", - kompaniya ijrochi direktori va prezidenti Kristofer Nassetta.

May oyida Hyatt Hotels Corp butun dunyo bo‘ylab 1,3 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishini e'lon qilgandi. O‘tgan oyda Marriott International Inc haq to‘lanmaydigan ta'til oktyabrgacha uzaytirilishini ma'lum qildi.

Hilton Worldwide – dunyoning eng yirik mehmonxona kompaniyalaridan biri. Uning mehmonxonalari 119ta davlatda faoliyat ko‘rsatadi.

Yil boshidan buyon Hilton’ning bozor bahosi 30 foizga tushib ketdi.

Mavzuga oid