«Aprel oyida biz Özbekiston reytingini qayta körib çiqdik va reytingni BB manfiy darajada, kelgusida barqaror deb tasdiqlaymiz. Taşqi kontekstga nazar taşlasak, hozirgi paytda reytingning Özbekiston joylaşgan kategoriyasida Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya kabi mamlakatlardagi salbiy reyting harakatlariga guvoh böldik. Lotin Amerikasida ham aytaylik, Dominikan Respublikasi, Gvatemala kabi mamlakatlarda pasayişlarni körişimiz mumkin.
Şunday qilib, Özbekiston «mö'tadil hisob»ga ega. Davlat va taşqi moliyaviy mablağlari kuçli va taşqi şok hamda boşqa taşqi inqirozlarga tezlik bilan javob qaytarişga qodir. Bugungi kunda koronavirus şunday inqirozlardan biridir.
Bundan taşqari, nafaqat qarzlarni köpaytiriş bilan boğliq ba'zi xavotirlar, şuningdek, moliya va kredit ösişi örtasidagi mikro-siyosat izçilligini susaytirişi, ortiqça xarajatlarning oşişi tufayli sezilarli darajada yumşatilgan. Pul-kredit siyosati doirasi, şuningdek hukumatning yönaltirilgan kreditlaş, ajratilgan kreditlarni qaytariş böyiça majburiyati va kelajakda qarzni şakllantiriş böyiça ba'zi körsatmalar berilgan. Şubhasiz, hozirgi moliyaviy defitsit holati qarz olişni köpaytirişga zarurat tuğdirdi, şu sababli bizning nuqtayi nazarimizga köra nafaqat balans aktivlar, balki suveren aktivlar nuqtayi nazaridan ham mustahkamlaş kerak. Hukumat qarzdorlik ösişini barqarorlaştiriş uçun işonçli yölni taklif qilişi va şu yöldan foydalanişi mumkin», deya «Fitch» katta direktori Erik Arispening sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U islohotlar ahamiyati haqida ham aytib ötdi.
«Islohotlar ikki sababga köra ahamiyatli deb öylaymiz: birinçidan, islohotlar Covid 19 inqirozidan keyingi jadal sur'atlar bilan tiklaniş uçun Özbekistonning mustahkam asoslarini qöllab-quvvatlaşda muhimdir. Uşbu inqirozga qarşi kuraşiş qiyin bölişiga qaramay, tarkibiy islohotlar davom etmoqda. Masalan, hukumat tomonidan moliya sektorida islohotlar davom ettirilmoqda, bu esa öz navbatida bizni quvontiryapti.
Bu yaqin kelajakda ösiş istiqbollarini qöllab-quvvatlaydi. Islohotlar, şuningdek, baholaş va baho beriş uçun biz kuzatib boradigan boşqa parametrlarga ham ta'sir qiladi deb işonamiz. Bu nafaqat qarzdorlik, taşqi hisoblarning ösişi, balki tarkibiy ijobiy özgarişlar omillari bilan boğliq. Jahon banki körsatkiçlari böyiça ölçanadigan Özbekistondagi kredit profilining kamçiliklaridan biri bu institutsional çeklovlardir va bu borada qator ijobiy özgarişlarga erişildi. Endilikda biz hukumat inqirozdan keyingi davrda fiskal konsolidatsiyaga, qarzlarni barqarorlaştirişga va xalqaro balans sifatida barqaror saqlaş uçun qanday yöldan ketişiga baho beramiz», dedi Fitch Ratings katta direktori.











