«Uşbu davrada hozir bölgan barça xalqaro taşkilotlar va taraqqiyot banklari Özbekistonga qarz berişga tayyor. Bu biz Özbekistondan foydalanişni közlagan qandaydir beadab institutlar ekanligimizni emas, Özbekiston hukumatining mablağlarimizdan unumli foydalana olişiga işonişimiz va nafaqat uşbu mablağlar, balki uşbu qarzlar ajratilayotgan köplab sohalar bilan boğliq tajribadan oqilona foydalanişga işonç borligini bildiradi.
Aslida qarz berişlar - bu energetika yoki transport sohasida böladimi, xususiy sektor yoki DXŞ asosidagi loyihalardami, bularning barçasi islohotlar bilan boğliq. Bularning bari biz beradigan kreditning bir bölagidir.
Özbekiston hukumatining mablağlardan rivojlaniş yölida foydalaniş qobiliyatiga kelsak, bu borada natijalar juda yuqori. Agar ötgan ösiş sur'atlarini körib çiqadigan bölsak, ular juda ham ta'sirli. Yuqorida aytib ötganimizdek, Özbekiston bizning portfelimizdagi Markaziy Osiyo davlatlari orasida 2020 yilda ham ösişga erişişi va 2021 yilda iqtisodiyoti tiklanişi prognozlaştirilgan yagona mamlakatdir. Şubhasiz, agar siz örtaça 2,4 foiz qarz olsangiz va 6,5 yoki 7 foiz iqtisodiy ösişga erişayotgan bölsangiz, demak, heç qanday taşvişga örin yöq», dedi Erik Livni.
U qarz olişning Özbekiston uçun ta'sirini körib çiqişdagi omillardan biri - xususiy sektordagi jalb qilinayotgan mablağlar dinamikasi ekanini aytdi. U xususiy sektor tomonidan mablağlarni jalb qilişga bölgan istak sönggi ikki yil davomida sezilarli darajada özgarganini ta'kidladi.
Ma'lum qilinişiça, kreditlar hajmining ösiş sur'ati ketma-ket ikki yil davomida 50 foizni taşkil etgan.
Eslatib ötamiz, Kun.uz axborot hamkori sifatida iştirok etgan «Munozara klubi»ning ilk muhokamalari 13 iyun kuni bölib ötdi. Batafsil videoreportaj bilan uşbu havola orqali tanişişingiz mumkin.











