13 iyun kuni Özbekiston hukumati iqtisodiy bloki iştirokidagi «Munozara klubi»ning ilk uçraşuvida S&P global reyting agentligi tahlilçisi Maks Markgrou mamlakat suveren kredit reytingi böyiça kutilmasi özgartirilişiga ta'sir körsatgan omillar töğrisidagi savolga javob berdi.

«Ötgan hafta biz Özbekiston böyiça sönggi tadqiqotlarimizni naşr qildik. Reytingni BB- darajasida qoldirdik hamda prognozni barqarordan salbiyga özgartirdik. Amaldagi reytingda heç qanday özgariş yöq, reyting hanuz bir xil darajada, şunçaki, kelgusi 12-24 oy içida reytingni tuşirişimiz ehtimoli köproq.

Şunday qilib, kelgusi yilda biz buni diqqat bilan körib çiqamiz, ammo hozirça reyting avvalgidek. Şunday qilib, 2019 yil oxirida, bizning metodologiyamiz böyiça, hukumat aniq qarz holatiga ötdi. Mamlakat qarzdorga aylansa, biz uning tarkibiga bir oz çuqurroq qaraymiz.

Masalan, hukumatning rasmiy kreditorlari uzoq muddatli, past narxlardagi qulay tarkibiga ega bölişiga qaramay, ularning aksariyati çet el valutasida ifodalanadi va valuta kurslari özgarişiga çuqur ta'sir körsatadi. Qarzlarning aksariyati keng doiradan olinadi, prognoz davrida biz şunday bölib qolişini kutamiz.

Milliy valutada qarz beriş hajmi oşib borişi, bu juda ijobiy. Şunga qaramay, taşqi qarz ösib bormoqda. Bu mamlakatning taşqi mavqeyiga bölgan qaraşimizga ham, biror mamlakatni baholaganimizda biz hisobga oladigan taşqi bahoni körib çiqayotganimizda ham ta'sir qiladi. Biz bunda nafaqat hukumat, balki mamlakatning ahvolini inobatga olamiz», dedi Maks Markgrou.

Tadqiqotda ösiş sabablari ham hisobga olingani aytib ötildi.

«Joriy yil oxiriga borib, biz mamlakatning likvid taşqi aktivlari yalpi taşqi qarzni qoplamasligini kutmoqdamiz va fikrimizça bu sezilarli özgariş. Bu bir neça yil pastga tuşişi mumkinligini kutgan edik. Öylaymanki, bizning qömita oxirgi marta körib çiqqan tahlilida holat tezkor sodir bölayotganini inobatga olgan.

Bu sizning öquvçilaringizni iqtisodiyotning taşqi holati haqida biroz taşvişlantiradigan narsa. Bundan taşqari, moliyalaştiriş ehtiyojlari xususidagi boşqa taşqi ölçovlarimiz böyiça tadqiqotlarimiz hozirda olib boriladigan reyting darajamizga yaqinlaşmoqda. Albatta, ösiş sabablari e'tibordan çetda qolmadi va biz hukumat tomonidan ijobiy islohotlar va kuçli investitsiya rejalarini tan olişga harakat qilamiz.