13 iyun kuni hukumat iqtisodiy blokining «Munozara klubi» ilk uçraşuvida davlat qarzi mavzusi muhokama qilindi.

Muhokamalarda yuqori lavozimdagi hukumat rasmiylari, jamoatçilik vakillari, mustaqil ekspertlar, xalqaro taşkilotlar va reyting agentliklari vakillari iştirok etdi.

Sessiyadan söng xalqaro ekspertlar öz mulohazalari va tavsiyalarini «Munozara klubi»ning boş axborot hamkori – Kun.uz`ga yölladi.

Osiyo taraqqiyot bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malviçini hukumat, fuqarolik jamiyati, xalqaro hamjamiyat va OAV muhim masalani muhokama qiliş uçun bir stol atrofiga yiğilganini e'tirof etdi.

«Bundan taşqari, mahalliy iqtisodçilar jarayonda faol qatnaşganidan ta'sirlandim», – dedi OTB vakili.

Malviçini qarz mablağlarini samarali boşqariş muhimligi, OTB Özbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilişda davom etişini qayd etdi.

Fitch Ratings agentligi katta direktori Erik Arispe ham munozara platformasida qatnaşganidan mamnunligini bildirib, hukumatning iqtisoddagi ustuvor masalalardan birining bugungi holati va mamlakat kelajagiga ta'siri haqida ham mahalliy, ham xorijiy manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilişini olqişlaşini bildirdi.

S&P Global Ratings boş tahlilçisi Maksimilian Makgrov uçraşuvda muhim masalalar yuzasidan hukumat vakillarining ham qatnaşgani, taşqi guruhlarga ham teng imkon berilganini qayd etdi. «Bundan keyingi tadbirlarni taşkil etişda mavzu va taşkiliy masalalar haqida barvaqt ma'lumot bersangiz. Bundan taşqari, uçraşuv hafta kunlarida ötkazilişini taklif qilaman», – dedi u.

«Gazprombank» Nikolay Şerazadişvili suveren qarzni muhokama qiliş dunyoda voqealar inqirozli ssenariy asosida keçayotgan bir davrda juda muhimligini ta'kidlab, dolzarb mavzudagi oçiq muloqotning mamlakat taraqqiyotida yangi qadam ekanini ta'kidladi.

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos ham munozara taşkil etilgani va uning formatini olqişlab, keyingi uçraşuvda xususiylaştiriş mavzusini muhokama qilişni taklif etdi.