Vazirlar Mahkamasining “Toşkent davlat yuridik universiteti qoşidagi akademik litsey faoliyatini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, prezidentning 2020 yil 29 apreldagi PF–5987-son «Özbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bilan quyidagilar:
ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlaş nuqtai nazaridan Toşkent davlat yuridik universiteti qoşidagi akademik litseyning öquv-metodik jarayonini muvofiqlaştiriş, uning taşkiliy tuzilmasi, öquv reja va dasturlarini işlab çiqiş va tasdiqlaş Toşkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) tomonidan amalga oşiriladi;
2020/2021 öquv yilidan boşlab akademik litseyda tölov-kontrakt, şu jumladan tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida qöşimça qabul tartibi joriy qilinişi, qabul tartibi va parametrlari, şuningdek, öqiş uçun tölov miqdori TDYuU tomonidan mustaqil belgilanadi;
2021/2022 öquv yilidan boşlab TDYuU qoşidagi akademik litseyning barça fanlar böyiça yuqori natijalarga ega bitiruvçilari TDYuUga kiriş test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat ötkaziş orqali, tölov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan taşqari kiriş huquqiga ega;
akademik litsey pedagog xodimlarining mehnatini normalaştiriş TDYuU tomonidan amalga oşiriladi;
akademik litseyda xorijiy hamkorlar bilan kelişuv asosida qöşma ta'lim dasturlari amalga oşiriladi.
Quyidagilar akademik litsey faoliyatini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
iqtidorli yoşlarni aniqlaş, tanlaş, öqitiş va tarbiyalaş, ularning har tomonlama kamol topişi uçun şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, öquvçilarning ilmiy-intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş;
öquvçilarni kelgusida “yurisprudensiya” yönalişi böyiça oliy ta'lim muassasalarida öqişga tayyorlaşga möljallangan fanlarni tanlaş imkoniyati berilgan zamonaviy öquv dasturlarini joriy qiliş;
gumanitar va huquqiy fanlarni çuqur örganişini taşkil etiş, öquvçilarning çet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini özlaştirişi, ularda ijodiy fikrlaşni rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;

















