Bugun, 19 iyun kuni Oliy Majlis Senatining beşinçi yalpi majlisida «Geodeziya va kartografiya faoliyati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri ma'qullandi.

«Geodeziya va kartografiya faoliyati töğrisida»gi qonunning yangi tahriri 8 ta bob va 48 ta moddadan iborat bölib, amaldagi Qonunning barça moddalariga qöşimça va özgartirişlar kiritilgan, bundan taşqari, yana 32 ta yangi modda qöşilgan.

Davergeodezkadastr qömitasi rasmiy telegram sahifasida ma'lum qilişiça, qonun bilan sohada qator özgarişlar qilinişi maqsad qilinmoqda.

«Qonun qabul qilinişi bilan iqtisodiyot tarmoqlari uçun geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oşirişning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi va amaliyotda qonunning töğridan töğri işlaşi ta'minlanadi;

Bundan taşqari, geodeziya va kartografiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga soliş va boşqariş organlari bölgan Vazirlar Mahkamasi, Davergeodezkadastr qömitasi, Mudofaa vazirligi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilanadi», - deb yozmoqda Davergeodezkadastr qömitasi.

Şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari va davlat taşkilotlari tomonidan yaratilgan mahsulotlarga mualliflik huquqlari örnatiladi va yaratilgan mahsulotlar tizimli hisobga olinadi, foydalanuvçilarga ma'lumot taqdim qiliş soddalaştirilişi ham kutilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, endi geodeziya va kartografiya faoliyatida sun'iy yöldoş tizimlaridan foydalaniş, raqamli texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etiş ham yangi bosqiçga çiqadi.

Yana bir muhim jihat şundaki, qonunning qabul qilinişi davlat budjetidan qöşimça xarajatlarni talab qilmaydi.