Senat raisi Tanzila Norboyeva kartografik materiallarning elektron arxivini yaratiş kerakligini aytdi.

«Ma'lumki, davlat kartografiya, geodeziya fondidagi muhim kartografik materiallarining aksariyati - 5 millioni qoğoz, plastik, kitob körinişida saqlanmoqda. Bu ma'lumotlarning elektron arxivini yaratiş kerak. Bu borada idoralararo ma'lumot almaşinuvining elektron tizimini ham yölga qöyiş kerak.

Köplab davlatlar, misol uçun, Koreya, Rossiya, Vengriya, Belarusda bunday tizim yölga qöyilgan va yaxşi samara beryapti», dedi Tanzila Norboyeva.

Ma'lum qilinişiça, qonunda geodeziya va kartografiya işlarini litsenziyalaş, röyxatga oliş va davlat hisobini yuritiş, davlat kartografiya-geodeziya kadastri va Özbekiston Respublikasi kartografiya-geodeziya fondini yuritiş hamda davlat geodeziya nazorati bilan boğlik normalar mustahkamlab qöyilyapti.

Şuningdek, qonundan xavolaki normalarning çiqarilişi natijasida tadbirkorlik sub'yektlarining geodeziya va kartografiya faoliyati bilan şuğullanişida qulay şaroit yaratiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.