«Özbekistonda qonun ustuvorligini ta'minlaşdagi asosiy muammo – davlat xizmatçilarining huquqiy savodxonligini oşirişdir.
Davlat organlarida qonunni mensimaslik bilan boğliq juda köp holatlar bor, bu fuqarolarda qonunga bölgan işonçning sönişiga olib keladi. Qançalik harakat qilmaylik, qonunni tuşuntirmaylik, fuqarolar hayotida boşqa manzarani körsa, baribir qonunga nisbatan işonçi sönadi.
Millionlab insonlarga huquqini tuşuntirib, ularni örgatgandan köra, davlat organlari öz faoliyatini tartibga solgani afzalroq va osonroq. Davlat organida işlaydiganlar soni aholiga nisbatan yuzlab baravar kam. Kiçikroq kontingentni qonun asosida işlaşga örgatsak, yaxşi samara beradi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, 2019 yilda adliya organlari tomonidan davlat idoralarida 181ta noqonuniy hujjat töxtatib qolingan, 3000ga yaqin hujjat bekor qilingan.
«Bunda faqatgina adliya organlarining statistikasi haqida gap ketyapti. Sud organlari orqali, prokuratura protestlari orqali bekor qilingan qançadan-qança hujjatlar bor», deya ta'kidladi Ruslanbek Davletov.
Senat raisi Tanzila Norboyevaning aytişiça, ötgan yili sudlar tomonidan körilgan 3 mingta işning qariyb yarmi – 1255tasi (42 foizi)da hokimlarning qarorlari noqonuniy deb topilgan.
«Buning oqibatida xalq aziyat çekmoqda. Qança vaqt, qança asab sarflanmoqda», deydi Norboyeva.












