"Dehqon xöjaligi töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi 604-I-sonli Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanadi.

Qayd etilişiça, dehqon xöjaligi oila a'zolarining şaxsiy mehnati asosida dehqon xöjaligi boşliğiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş va ijaraga oliş asosida tegişli bölgan yer uçastkasida qişloq xöjaligi mahsuloti yetiştiriş va realizatsiya qiliş faoliyati bilan şuğullanuvçi oilaviy xöjalik.

Dehqon xöjaligi boğdorçilik va uzumçilik yoki sabzavotçilik va polizçilik yoxud boşqa qişloq ekinlari yetiştiriş faoliyati yönalişlari bilan şuğullanadi.

Dehqon xöjaligining boşliği dehqon xöjaligi faoliyatini yuritiş uçun nomiga yer uçastkasi ajratilgan ön sakkiz yoşga tölgan muomalaga layoqatli Özbekiston Respublikasining fuqarosi yoki Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxs.

Dehqon xöjaligining boşliği uşbu xöjalik nomidan işonçnomasiz iş yuritadi, şu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi.

Dehqon xöjaligining boşliği vaqtinça mehnat qobiliyatini yöqotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bölmaganda, u öz huquq va majburiyatlarini bajariş vakolatini uşbu dehqon xöjaligining a'zolaridan biriga berişi mumkin.

Dehqon xöjaligi boşliği vafot etgan taqdirda şu xöjalik a'zolarining özaro kelişuvi asosida, xöjalik a'zolaridan biri uning boşliği etib tayinlanadi va yerga bölgan huquq uning nomiga qayta rasmiylaştirilib, bu haqida hisobga oluvçi organga xabar beriladi. Özaro kelişuvga erişilmagan taqdirda yer uçastkasiga bölgan huquq sud tartibida hal etiladi.

Dehqon xöjaligi boşliği, uning mehnatga qobiliyatli xotini (eri), bolalari, nabiralari, ota-onasi, bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tuğişgan hamda ögay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari dehqon xöjaligi a'zolari bölişi mumkin.

Dehqon xöjaligi dehqon xöjaligi boşliği tomonidan qişloq xöjaligi mahsuloti yetiştiriş uçun quyidagi asoslarga köra yerga bölgan huquqni qonun hujjatlariga muvofiq qölga kiritişi orqali vujudga keladi: