Bir tomondan koronavirus pandemiyasi, ikkinçi tomondan tabiiy ofatlar xalqimiz uçun sinovli va oğir kunlarni keltirdi. Bunday şaroitda “Özagrosuğurta” aksiyadorlik jamiyati mas'uliyatni töla his etib, ofatlar oqibatlarini bartaraf qilişda muhim vazifalarni samarali va muvaffaqiyatli amalga oşirib, hukumatga yelkadoş bölmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan Buxoroda bölib ötgan kuçli şamoldan ziyon körganlar uçun qariyb 5,5 milliard söm suğurta tovonlari tölab berildi.

Tabiiy ofat viloyatdagi köplab tadbirkorlarni hosildan mosuvo qildi. Ularning turar va noturar joylari, mol-mulklariga jiddiy zarar yetkazdi. Joylarda tadbirkorlik faoliyati töxtab qolmasligini ta'minlaş, olingan kreditlarni öz vaqtida qaytariş çoralarini köriş bugungi kunda aksar buxoroliklar uçun eng dolzarb masalaga aylandi.

“Davlat rahbarining yoş tadbirkorlar uçun yaratib bergan imkoniyatlaridan foydalanib, olingan kredit hisobiga xususiy boğça oçganmiz”, deydi 27 yoşli tadbirkor Bekzod Narzulloyev.
“Kinder World” nodavlat ta'lim muassasasi Romitan uçun yangilik, muhim strategik obekt hisoblanadi. Çunki bu yerda 3-7 yoşli bolalar uçun eng malakali tarbiyaçi murabbiylar özbek, rus va ingliz tillarida ta'lim berişadi. Afsuski, kuçli dovuldan boğçamizning içki va taşqi qismi jiddiy zarar kördi. “Özagrosuğurta” AJ Buxoro filialining hududiy bölinmasi zararni öz vaqtida töliq qoplaş uçun qariyb 77,5 million söm tölab berdi. Endi faoliyatimizni bemalol davom ettira olamiz. Bundan nafaqat men, balki yuzlab romitanlik bolalar, ularning ota-onalari ham xursand.

Ta'kidlaş joizki, hozirgi kunda “Özagrosuğurta” AJ boşqaruvi tomonidan tabiiy ofat zararlarini bartaraf etiş işlari butun viloyat miqyosida kengaytirildi. Taşkil etilgan tezkor işçi guruhga suğurta hodisasi natijasida yuzaga kelgan tölovlardan taşqari, kuçli şamol tufayli faoliyatini davom ettiriş imkoniyati söroq ostida qolgan tadbirkorlik sub'yektlariga kömaklaşiş vazifalari yuklatildi.












