Kun.uz Buxoro viloyatining Peşko‘ tumanidagi bolalar va ösmirlar sport maktabida pedagog-murabbiylar 18 iyun kuni majburan muassasa hududi hamda stadionni tozalaşga olib çiqilgani haqida xabar bergan edi. Senat raisi Tanzila Norboyeva palataning ayni paytda davom etayotgan 5-yalpi majlisida mazkur holatga tezkor munosabat bildirdi.

https://ok.ru/videoembed/1544163756735

«Ijtimoiy tarmoqlarda yana bitta muammo [aks etgan video] tarqaldi. Keçagina men Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyaning majlisini ötkazgan edim. Majlisning ertasiga, 18 iyun kuni Buxoro viloyatining Peşko‘ tumanidagi bolalar va ösmirlar sport maktabi pedagog-murabbiylari majburiy ravişda muassasa hududi, stadionini tozalaş işlariga jalb qilingan.

Direktor Hotam Obloberdiyev uçun heç qanaqa qonun iş emas. Özlari ustida turib, homilador ayollarni işlatib bölsa ham hududni tozalatiş – bu kişi uçun asosiy masala. Bu böyiça men viloyat senatorlaridan, viloyat hokimidan tuşuntiriş berişlarini sörayman.

Keçagina men şu masala haqida aytgandim. Bizda mutlaqo bunday majburlaş, soha xodimlari umuman boşqa işlarni qilişini qat'iyan man qiliş töğrisida gapirgandim. Bu holat yana takrorlanmoqda. Bu şunçaki gap emas, [majburiy mehnatga yöl qöymaslik] bizda qonunlarda aniq belgilab qöyilgan» deya Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Peşköda majburiy mehnat: homilador ayollar ham hududni tozalaşga çiqarilgan

Senat raisi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan holatni joyiga borib örganib, aybdorlarga nisbatan çora körilişini söradi.