Öz navbatida Lukaşenkoning raqiblariga har xil tahdidlar bölib ularning korxonalari tekşiruvdan ötkazilmoqda. «Meduza» saylovlarda Aleksandr Lukaşenkoning asosiy raqibi sifatida qaralayotgan Viktor Babariko bilan suhbat uyuştirdi. Ma'lum bölişiça, Babariko 20 yil boşqargan «Belgazprombank»da tekşiruvlar boşlangan. Lukaşenko saylovdagi raqibini rasman firibgarlikda ayblab çiqdi.

(Intervyu e'lon qilinganidan bir neça soat ötib Viktor Babariko qölga olingan. Uning uyida ham tintuv boşlangan)

– Kuç tuzilmalari siz boşqargan «Belgazprombank»ga borişdi, keyinçalik bankda rahbar özgardi. Sizga yaqin odamlar qölga olindi. Bank atrofida nimalar bölyapti?

– Men bir oydan buyon bank xodimi emasman, şu sabab bu borada heç kim menga aloqaga çiqqani yöq. Menimça, bularning barçasi menga qaratilgan siyosiy buyurtma ekanini hamma yaxşi tuşunib turibdi. Töğrisi, hozir bank atrofida nima bölayotganini bilmayman.

– Ya'ni, bank xodimlariga qilingan tazyiqni avvalo prezidentlikka nomzod bölganingiz uçun qilinyapti deb öylaysizmi?

– Men tomonimdan qarasangiz, mantiqan şunday. Bizning faoliyatimiz atrofida ğalati harakatlar zanjiri paydo bölgan. Qarang, biz haqqoniy saylovlarni qöllaşimizni aytyapmiz, deklaratsiya qabul qilyapmiz, qolgan nomzodlarni ham buni qöllaşga çorlayapmiz va bir neça kun ötib biz çet eldan yordam olayotganimiz haqida keskin çiqişlar, odamlarimizga tahdid qilişlariga guvoh bölyapmiz.

Keyin biz bu tahdidlarga munosabat bildiryapmiz va kimdir tahdidga uçrayotgan bölsa, uni himoya qilişimizni aytyapmiz. Bu vaqtda «Privat Lizing» korxonasi haqida (Bu korxona Babariko boşqargan bankning mijozi bölgan va Lukaşenko saylovdagi raqibi aynan mana şu korxona orqali firibgarliklarda qatnaşganini aytgandi – tahr.) ma'lumot çiqyapti. Emişki, bu korxona 2016 yildan buyon firibgarlik işlarida aralaşgan va şunça vaqt «kuzatuvda bölgan». Axir qanaqasiga bir korxona 4 yil davomida firibgarlik qilganiga qarab turiş va çora körmaslik mumkin?

Keyin yana izohlaşdiki, xorijiy bankdan kelişi kerak bölgan qandaydir hujjatni kutişgan va u dekabrda kelgan. Xöp, öşa qurğur qoğoz dekabrda keldi deylik. Yanvarda milliy bank tekşiruv ötkazdi, öşanda men boşqaruv rahbari edim. Tabiiyki qandaydir kamçilik topişgan. Ammo 5 oy ötib men prezidentlikka nomzodimni ilgari surdim va köp ovoz oladigandek bölganimdan keyin öşa bir parça qoğoz hammaga kerak bölib qoldi. Menimça, bularning hammasida boğliqlik bor.